O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar-dekabr oylari davomida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51,8 foizni tashkil etdi.
Statistika agentligining ma’lumotlarida qayd etilishicha, Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi eng ko‘p bo‘lib, 78,4 foizni tashkil qilgan.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes)ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 52,8 foizni tashkil etgandi.
Bundan tashqari, 2022 yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 40,3 foizni tashkil qilgan.