Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi 

O‘zbekiston 21:53 / 17.03.2023 33355

17 mart kuni Xorazm viloyati, Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Jumagaldiyev Umidjon Usmonboyevich baxtsiz voqea oqibatida vafot etdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi. 

Xabarda uning o‘limi sabablari keltirilmagan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u yo‘l-transport hodisasiga uchragan bo‘lishi mumkin. 

Umidjon Jumagaldiyev 1990 yilda Gurlan tumani, Hazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. 2021 yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. Uning ortida 3 nafar voyaga yetmagan farzandi qolgan. 

Ko‘proq yangiliklar: