Chilonzor tumanida yangi Wendyʼs restoranining ochilishi bo‘lib o‘tadi!

O‘zbekiston 12:26 / 17.03.2023 7223

18 mart kuni Integro savdo markazida Wendyʼs Chilanzar restoranining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi. Mehmonlarni Shohrux reper, DJ Bella va DJ Miwka ishtirokida shou-dastur kutmoqda. Kichkintoylarni illyuzionist Dmitriy Polyakov, animatorlar va akvagrimerlar xursand qiladi. Har bir mehmon kolleksion sovg‘alar yutib olishi va ochilish sharafiga bo‘lgan aksiyadan foydalanishi mumkin.

18 mart kuni soat 16:00 da Integro savdo markazida Amerikaning tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘ining O‘zbekistondagi uchinchi filiali – Wendyʼs Chilanzar restoranining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Restoranning ochilishi turli yoshdagilar uchun qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.

Wendyʼs qiziqarli shou-dastur tayyorlab qo‘ygan: Shohrux reper, DJ Bella va DJ Miwka butun tadbir davomida mehmonlarni xursand qilishadi. «Nika Sport» raqs guruhi ajoyib xoreografik chiqish qiladi. Ko‘zboyloqchi-illyuzionist Dmitriy Polyakov mehmonlarni o‘zining chiqishi bilan hayron qoldiradi, bolalar o‘yin-kulgisi esa animatorlar va akvagrimerlar kuzatuvida bo‘ladi.

Restoranning ochilishi sovg‘asiz ham o‘tmaydi – istalgan burger xarid qilinganida sovg‘aga 0.4L Coca-Cola beriladi. Aksiya 18 martdan 22 martga qadar barcha Wendy's filiallarida amal qiladi.

Har bir tashrif buyuruvchi Wendyʼs kolleksion merchi va mahsulotlar uchun sovg‘a vaucherlarini yutib olishlari mumkin bo‘ladi.

18 mart kuni Wendyʼs Chilanzar restoranining tantanali ochilishini o‘tkazib yubormang. Asosiy shou-dastur 16:00 da boshlanadi.

Kirish bepul.

Manzil: Integro savdo markazida, «Chilonzor» metro bekati.
Telefon: +998 95 9790111
Instagram: @wendys_uzbekistan

Wendyʼs kompaniyasi 1969 yilda Deyv Tomas tomonidan AQShning Ogayo shtatida Kolumbusda tashkil etilgan. Wendyʼs hozirda butun dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq restoranlarni boshqaradi. O‘zbekistondagi birinchi Wendyʼs restorani 2019 yilda ochilgan. Ayni paytda ularning uchta restorani «Ts-1», Samarkand Darvoza Mall va Chilanzar Integro da joylashgan. 2030 yil oxirigacha kompaniya yana 22 ta restoran ochishni va 700 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Wendyʼs ning Markaziy Osiyodagi franchayzi va operatori Kusto Group xalqaro holdingi hisoblanadi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: