Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT komissiyasi: Rossiya Ukrainada harbiy jinoyatlar sodir etgan
Jyenevada Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya hisoboti taqdim etildi. Unda RF Qurolli kuchlari va Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan da’vo qilingan harbiy jinoyatlarga oid dalillar mavjud.

Foto: Anadolu agency
Ukrainaga bostirib kirishdan keyin Rossiya qurolli kuchlari bu davlatda ko‘plab harbiy jinoyatlar sodir etdi, deya ma’lum qildi 16 mart, payshanba kuni Jyenevada Ukrainadagi huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiya raisi Erik Myose.
U Rossiya armiyasi a’zolari, shu jumladan qo‘mondonlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning o‘ziga xos turlari ko‘rsatilgan hisobotni taqdim etdi. Bu jinoyatlar sirasiga tinch aholiga va Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumlar, qasddan qotillik, noqonuniy qamoqqa olish, qiynoqlar, zo‘rlash va boshqa turdagi jinsiy jinoyatlar, shuningdek, bolalarni Rossiyaga deportatsiya qilish va noqonuniy olib ketish kiradi.
Komissiyaga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining Ukraina energetika infratuzilmasiga 10 oktyabrda boshlangan hujumlari insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida kvalifikatsiya qilinishi mumkin. Infratuzilma obektlarining vayron bo‘lishi butun mintaqalar va millionlab odamlar vaqti-vaqti bilan elektr va issiqliksiz qolishiga olib keldi, dedi Myose.
Rossiya armiyasi aholi punktlariga portlovchi qurollar bilan hujum qildi va bunda «tinch aholining zarari va azob-uqubatlarini inobatga olmadi», deyiladi xabarda. «Portlovchi qurol» atamasi artilleriya snaryadlari yoki raketalar kabi o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
Komissiya Ukrainada sodir etilgan barcha qonunbuzarliklar va jinoyatlarni tergov qilishni davom ettirishni va aybdorlarni javobgarlikka tortishni tavsiya qildi. Harbiy jinoyatchilar ro‘yxati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga topshiriladi, deya ma’lum qildi Erik Myose.
BMT tergovchilari Ukraina urush jinoyatlarini ham hujjatlashtirgan. Xususan, hisobotda rossiyalik harbiy asirlarni qiynoqqa solish va qatl etish bo‘yicha ikkita holat qayd etilgan.
2022 yil mart oyida BMT Inson huquqlari kengashi tomonidan Ukrainadagi huquqbuzarliklar bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi tuzilgan. O‘shandan beri u Ukrainaning 56 joyida, jumladan Buchada ishlagan hamda 348 erkak va 247 ayol bilan suhbatlashgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025