Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy «Ramshtayn» formatidagi uchrashuv yakunlariga izoh berdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb yordami tufayli Rossiya agressiyasi barbod bo‘lish arafasida turibdi.

Foto: president.gov.ua
O‘q-dorilar va qurol-yarog‘ yetkazib berish, ayniqsa, «Rossiya tajovuzkorligi uni sindirish mumkin bo‘lgan darajaga yaqinlashayotganini his qilayotgan bir paytda» muhim ahamiyat kasb etadi», deb ma’lum qildi u Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi («Ramshtayn» formati)ning 15 mart kuni bo‘lib o‘tgan 10-yig‘ilishini sharhlar ekan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhokama qilingan va «kerakli yechimlar mavjud».
«Ramshtayn» formatidagi 10-yig‘ilishda 40 dan ortiq davlat ishtirok etdi.
Uning yakunida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Shvetsiya Kiyevga o‘nta Leopard 2 tanki hamda havo hujumidan mudofaa tizimlari topshirishini ma’lum qildi. U qaysi komplekslar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi. Fevral oyida Stokholm Hawk va IRIS-T tizimlari Ukrainaga o‘tkazilishi haqida xabar bergan edi.
Ispaniya Ukrainani qurol-yarog‘, gumanitar yordam va ukrainalik harbiy xizmatchilarni o‘qitish orqali qo‘llab-quvvatlash majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. Yaqin kelajakda Madrid Kiyevga Leopard 2A 4 rusumli oltita jangovar tankni, keyinroq esa yana to‘rttasini jo‘natadi, dedi mudofaa vaziri Margarita Robles.
14 mart kuni Ispaniya ushbu uskunani boshqaradigan va ularga xizmat ko‘rsatadigan 55 nafar ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashni yakunladi. Bundan tashqari, Ukraina M-113 TOA bronetransportyorlarining yangi partiyasini oladi, deya qo‘shimcha qildi Robles.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 19:02
-
Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 18:45
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
Mavzuga oid

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

07:20 / 31.07.2025
Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatini kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

17:56 / 27.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?

08:25 / 26.07.2025