Mamlakatimiz 2018 yilda 53-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 29-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu reyting CAF xayriya fondi tomonidan 114 davlat miqyosida tuzilgan. Mutaxassislarning fikricha, aholining xayriya ishlariga bunday qiziqishi fuqarolik jamiyati faolligi va ko‘ngillilar harakati tufayli namoyon bo‘lmoqda.
Demak, O‘zbekistonda ham xayriya ishlari rivojlanmoqda.
Mamlakat bo‘ylab o‘nlab, yuzlab xayriya jamg‘armalari va tashkilotlari turli sohalarda faoliyat olib bormoqda, biroq ularning aksariyati poytaxtda joylashgan.
Lekin, viloyat poytaxtdan qanchalik uzoq bo‘lsa, u yerda ijtimoiy loyiha va tashabbuslar shunchalik kam tashkil etiladi. Boshqa tomondan, har bir mintaqa birdek e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
Masalan, yaqinda ONA jamoat fondi zamonaviy jihozlarga muhtoj bo‘lgan to‘rtta umumta’lim maktabi borligi haqida ma’lum qildi. Demak, 1082 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan 21-maktabda bundan 17 yil avval atigi 13 ta kompyuter o‘rnatilgan edi. 43-sonli maktab ham yordamga muhtoj – ular ham uzoq vaqtdan buyon maktabda bepul IT to‘garagini ochishni xohlashgan, lekin 1867 o‘quvchiga atigi 15 ta kompyuter ajratilgan.
– “Farzandlarimiz faol va intiluvchan, hamma narsaga qiziqadi. IT texnologiyalar, robotlar, yangiliklar haqida gap ketganda ularning ko‘zlari chaqnab turadi... Bu o‘quvchilar bilan zavqqa to‘lib ishlaysiz, bundan ham foydali bilimlar berishni, ularga yangi narsalarni o‘rgatishni xohlaysiz. Shuning uchun ular o‘zlari uchun IT doirasini yaratmoqchi bo‘lishdi. To‘g‘ri, kompyuterlarsiz buning iloji yo‘q”, — deydi namanganlik o‘qituvchilardan biri.
Texnomart va Payme hamkorlikda ushbu so‘rovga yechim sifatida Payme Mahalla loyihasining ikkinchi bosqichini o‘tkazdi. To‘lov tizimi foydalanuvchilari uch kun ichida 500 000 000 ball to‘plashdi. Xayriya tadbirida 5800 ga yaqin inson ishtirok etib, to‘plangan ballari bilan 12 mingdan ortiq xayriya qildilar.
“Texnomart”, “Payme” va “Ona” jamoat fondi hamkorlikdagi sa’y-harakatlari bilan Namangan viloyatidagi to‘rtta maktablarga 50 ta zamonaviy kompyuterlar xayriya qildi.
Payme Mahalla – chekka hududlardagi maktablarga ikkinchi marotaba yordam bermoqda. Aksiyaning birinchi bosqichida qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilarga zamonaviy kompyuterlar topshirilgan edi. 2000 ta ilova foydalanuvchilarining sa’y-harakatlari tufayli 385 nafar o‘quvchilar hozirda yangi qurilmalardan foydalanishmoqda.
Bunday tashabbuslar fuqarolarni birlashtiradi. Bundan tashqari, brendlar bilan hamkorlik qilish orqali odamlar muayyan xayriya tashkilotlariga ishonchi ortadi. Brendlarning o‘zi ularni tekshirish bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, fuqarolarning kompaniyalar bilan samarali hamkorligi ta’minlanadi, bu esa hammaga birdek foydali bo‘lishi va har tomonlama yordam berishi aniq.
Texnomart bunday ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kompaniya xodimlari muntazam ravishda qon topshiradi, xayriya ishlarida faol qatnashadi, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Qiziqarli yoz” ko‘rik-tanlovi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Maxsus Telegram botda ota-onalar farzandlarining yozni qanday o‘tkazishni xohlashlari haqida o‘z fikrlari bilan ulashishdi.
Texnomart xat yuborgan barcha 139 bolaning orzularini ro‘yobga chiqardi. Ularning har biriga qiziqarli yoz va unutilmas tajriba yaratish imkoniyati yaratdi. Bolalar o‘z xohishlariga ko‘ra raqs va sport to‘garaklari, til va matematika kurslari, pazandachilik va chizmachilik to‘garaklariga sertifikatlar hamda oromgohga yo‘llanmalar oldilar.
Ayollar bayrami ham e’tibordan chetda qolmadi. Texnomart 8 mart kuni “Sovg‘a EMAS” nomli katta aksiyasini amalga oshirdi. Shu kuni texnika do‘konlari tarmog‘ining bironta filialida ham ro‘zg‘or yoki uy uchun mo‘ljallangan texnikalar sotilmadi. Buning o‘rniga Texnomart Xalqaro xotin-qizlar kunida ayollar, onalar, qizlar va opa-singillarga chindan ham kerak bo‘lgan narsalarni: smartfonlar, noutbuklar, staylerlar va boshqa ayollarga zarur texnikalarni sovg‘a sifatida berishni taklif qildi.
Minnatdorchilik sharhlari nafaqat ayollardan, balki erkaklardan ham kelib tushdi. “Sovg‘a EMAS” kampaniyasi tufayli ular sovg‘alarni tanlashga bo‘lgan yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqdilar. Xaridorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, erkaklar o‘z yaqinlariga tug‘ilgan kuni va 8 mart kabi bayramlarda maishiy texnikalarni sovg‘a qilish holatlari kamayib, ayollarga individual ravishda sovg‘a taqdim etishni afzal ko‘rishmoqda.
Texnomart'ning bosh direktori Zayniddin Shamsiddinov o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashar ekan: “Biz nafaqat barcha o‘zbekistonliklarga texnika sotib olish va ulardan foydalanish imkoniyatini bermoqchimiz, balki texnikalar xaridorlarga haqiqiy foyda keltirishi va ularning hayotini yengillashtirishga yordam berishi biz uchun muhimdir. Va hududiy brend sifatida odamlarning haqiqiy istaklariga quloq tutish va ularni hal qilishga yordam berish qo‘limizdan keladi. Xuddi shu narsa ijtimoiy faoliyatga ham tegishli.
Texnomart jamiyatga yordam berish uchun barcha resurslarga ega va biz buni o‘zimiz uchun zaruriy harakat deb bilamiz. Shunday qilib, biz har doim “Payme Mahalla” loyihasi kabi, mavjud bo‘lgan xayriya kampaniyalariga qo‘shilish tarafdorimiz, yiliga kamida bir marta o‘z ijtimoiy tashabbuslarimizni tashkil etishga harakat qilamiz”, deya fikr bildirdi.
Bu Texnomart'ning asosiy pozitsiyasini aks ettiradi. Kompaniya doimiy ravishda mahsulot takliflarini yaxshilash, respublika bo‘ylab yangi do‘konlar ochish va xayriya ishlariga alohida e’tibor berish ustida ishlamoqda. Texnomart o‘z faoliyatini hududlarda rivojlantirish va butun jamiyat uchun yanada muhim loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Texnomart'ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Veb sayt: texnomart.uz
Instagram: @texnomart
Telegram: t.me/texnomart
Facebook: fb.com/texnomart