Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramazon oyida o‘zbekistonliklar qayerga jo‘nab ketishlari mumkin: Asialuxe Travel kompaniyasidan turlar va narxlar
Tez orada mamlakatda uzoq dam olish kunlari va muqaddas Ramazon oyi boshlanadi. Bayram dam olish kunlariga yana bir necha kun qo‘shib, ta’til olish va unutilmas sayohatga jo‘nab ketish mumkin.
Ko‘plab kurortlarda dengiz suvini quyosh nurlari isitmoqda, jazirama harorat yo‘q, sayyohlar kam, va eng muhimi – dam olish narxi hatto eng yetakchi mehmonxona va villalarda yashaganda ham yoqimli bo‘ladi.
Asialuxe Travel kompaniyasi muqaddas Ramazon oyida o‘zbekistonliklar jo‘nab ketishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi yo‘nalishlarni taklif qilmoqda.
Saudiya Arabistoni

Dunyo musulmonlari uchun eng ahamiyatli hodisalardan biri – muqaddas Ramazon oyi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Ushbu kunlarni Asialuxe Travel va Uzbekistan Airways kompaniyalarining Toshkent – Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi bloklari sharofati bilan muqaddas Makka va Madinada o‘tkazish mumkin.
Ma’lum bir kunlar yoki butun oyni muqaddas zaminda ro‘za tutib va duo qilib o‘tkazish imkoniyatiga hech narsa tenglasha olmaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar butun mart va aprel oylarida amalga oshiriladi.
Toshkentdan eng yaqin uchib ketish sanalari: 18, 21, 23 mart
Tur narxi: 15,9 mln so‘mdan boshlab
Antaliya

Turkiya kurortlarining yuragi qishki tanaffusdan uyg‘onmoqda va dam olishning yozgi konsepsiyasiga o‘tmoqda.
Dengiz havosi, mayin quyosh, ideal namlik, mehmonxonalardagi isitiluvchi basseynlar, va albatta hatto eng hashamatli mehmonxonalarda yashash uchun yoqimli narxlar – hayratlanarli dam olish formulasidir.
Barcha mehmonxonalarda ro‘za tutayotganlar uchun boshqa dam oluvchilardan alohida saharlik va iftorlik taklif qiladi. Yeguliklar xonaga ham olib borib berilishi mumkin.
Toshkentdan eng yaqin uchib ketish sanalari: 17, 24, 31 mart
Tur narxi: 9,4 mln so‘mdan boshlab
Sharm-el-Sheyx

Misrning ushbu sehrli shahrida yildagi eng yaxshi vaqt – baxmal mavsum boshlanmoqda: shamol kam, issiq emas va dengizdagi suv harorati qulay.
Asialuxe Travel kompaniyasi aprel oyining barcha sanalariga Sharm-el-Sheyxga bo‘lgan turlarga eng yaxshi narxlarni taklif qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Qizil dengiz – dunyodagi eng manzarali va shaffof dengizlardan biri, hatto qirg‘oqda ham ko‘rish mumkin bo‘lgan dengiz jonzotlariga boy.
Ota-onalarga eslatma: bolalarning immuniteti va sog‘ligi uchun muhim va hozirda Qizil dengiz yonida to‘yinish mumkin bo‘lgan D vitamini haqida unutmang.
Misr ham musulmon davlat sifatida ro‘za tutayotgan sayyohlarga saharlik va iftorlik uchun maxsus menyu taklif qiladi.
Toshkentdan eng yaqin uchib ketish sanalari: 25 mart, 1, 8, 15 aprel
Tur narxi: 9,1 mln so‘mdan boshlab
Dubay

Fantastik rekordchi-shahar bolali oilalar va sarguzasht izlayotgan yoshlar uchun bahorda dam olishga ideal mos keladi.
Ramazon oyida kunduzi ko‘plab joylar ishlamasligiga qaramasdan, tungi vaqtda shahar jonlanadi va eng faol hayot boshlanadi. Ajoyib tajriba, to‘g‘rimi?
Toshkentdan eng yaqin uchib ketish sanalari: har kuni
Tur narxi: 11 mln so‘mdan boshlab
Narxlar ikki kishili xonada yashash va ovqatlanish bilan bir kishiga butun tur uchun ko‘rsatilgan. Barcha parvozlar faqatgina to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar orqali Uzairways aviakompaniyasining yordamida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan hamkorlarimizning telefon raqamlari:
Toshkent:
Andijon:
Samarqand:
Namangan:
Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz sharoitlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniya sayti yoki +998712017777 va +998712112222 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.
Asialuxe Travel mahsulotlari O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida bor.
Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal:https://t.me/Asialuxe
Telegram-guruh: t.me/my_asialuxe
Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

09:00 / 11.07.2025
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

22:05 / 03.07.2025
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi

19:00 / 30.06.2025
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!

20:42 / 29.06.2025