Toshkentda YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi 

Jamiyat 22:11 / 11.03.2023 28070

11 mart kuni tush paytida Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ahmad Donish ko‘chasidagi «Taxtapul» ko‘prigi ustida 2002 yilda tug‘ilgan S.Yu. «Changan» rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan «Matiz» rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Shundan so‘ng, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Cobalt» rusumli avtomashinasiga urilgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Matiz» avtomashinasidagi 1984 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug‘ilgan A.G‘. voqea joyida halok bo‘lgan. 

Holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: