Tanzila Norboyeva Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Senat raisi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Muloqot chog‘ida hamkorlikning amaliy jihatlariga e’tibor qaratilib, uning istiqbollari xususida fikr almashilgan.
Xususan, davlat korxonalarini xususiylashtirish dasturini amalga oshirish, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati rolini kuchaytirish, gender tenglik sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda turli sohalardagi loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kompaniyalarni jalb etish borasida Jahon bankining ishtiroki muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, Anna Berde O‘zbekistonda iqtisodiy yangilanishlar ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘un ravishda olib borilayotganini, shu jumladan ijtimoiy inklyuzivlik va ijtimoiy tenglik yondashuvlari asosida davlatning alohida strategik maqsadlari belgilanganini qayd etgan. Shuningdek, u Jahon banki bundan keyin ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

14:58 / 20.02.2025
Jahon banki 2025 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishda davom etishini prognoz qilmoqda

07:25 / 13.02.2025
Tanzila Norboyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

17:16 / 28.01.2025