Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX katta miqdordagi giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
DXX Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha Boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik moddalarning o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan noqonuniy o‘tkazilgan holati aniqlandi.

Videodan kadr
Jumladan, davlat chegarasining Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan 14 kg 512 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan DXX Namangan viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
DXX Toshkent shahar bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Namangan-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina Ohangaron tumani hududida to‘xtatildi.
Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, 2002 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli qo‘l sumkasi ichida 50 gr “geroin” moddasi, 672 dona “Regapen” va 300 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan Yangiqo‘rg‘on tumani hududiga kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan ushbu giyohvandlik vositalarini 1800 AQSh dollariga sotib olgan, 1996 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan shaxs ham Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida ushlandi.
Mazkur shaxslarning biri Toshkent shahridagi davlat, ikkinchisi esa nodavlat universitetlarning talabalari hisoblanib, ular poytaxt hududida narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanishgan.
Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan DXX Toshkent shahar bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor
Jahon | 15:02
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:56
-
Slovakiya Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini bloklashni to‘xtatdi
Jahon | 14:41
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025