Yanvar oyida 13 mln dollarlik elektromobillar import qilindi

Iqtisodiyot 08:21 / 07.03.2023 25990

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 13 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 389 dona elektromobil import qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga oshgan.

O‘zbekistonga yanvarda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

  • Xitoy – 346 ta;
  • Hongkong – 29 ta;
  • Germaniya – 8 ta;
  • BAA – 3 ta.
Ko‘proq yangiliklar: