Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 1 064 ta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Koreya – 949 ta;
- AQSh – 110 ta;
- Hongkong – 29 ta;
- Germaniya – 12 ta;
- Yaponiya – 10 ta;
- BAA – 8 ta.
2022 yilda O‘zbekiston 34 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.
2022 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi – 11 159 ta.