«Qonli» g‘alaba. O‘zbekiston yoshlari guruhdagi asosiy raqibini yengib, mundial sari yana bir qadam tashladi (fotoreportaj)

Sport 13:19 / 05.03.2023 22814

Bellashuv ancha og‘ir o‘tdi. Ayniqsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Shahzodbek Rahmatullayev chetlatilgach, g‘alabani saqlab qolish qiyinlashdi. Shunga qaramay, futbolchilar matonat ko‘rsatishdi. Hatto kamchilikda o‘ynab, hisobdagi farqni oshirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi. Iroqning hujumlarida esa himoyachilar va tayanchyarimhimoyachilar jonbozlik ko‘rsatishdi, har bir to‘p uchun «jang» olib borishdi.

G‘alabadan so‘ng O‘zbekiston 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi. Jamoa 7 mart kungi so‘nggi turda Indoneziyaga (3) yutqazmasa, 1-o‘rin bilan 1/4 finalga yo‘l oladi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Iroq (3) va Suriya (0) o‘zaro bahs olib borishadi.

Tribuna.uz muxbiri qaynoq atmosferada o‘tgan «qonli» o‘yinni stadiondan kuzatgan. Bellashuvdan olingan suratlarni tomosha qiling.

Suratlar muallifi — A’zamjon Izzatillayev

Ko‘proq yangiliklar: