Osiyo kubogi U20 taqvimi, stadionlar va raqiblar. O‘zbekiston yoshlar jamoasi JCh-2023ga yo‘llanma oladimi?

Sport 17:05 / 01.03.2023 32811

Ketma-ket ikkinchi mezbonlik

O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezboniga aylanmoqda. 2022 yilda Toshkent va Qarshi shahri 23 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogini (U23) qabul qilgan bo‘lsa, bu safar O‘FA taklifi bilan Toshkent va Farg‘ona shahri qit’a birinchiligiga mezbonlik qiladi. 

JCh-2023ga qaysi jamoalar yo‘l oladi?

1-18 mart kunlari Osiyo kubogi U23 doirasida qit’aning 16ta mamlakat yoshlar jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. 4 guruhda 1-2-o‘rin egalari 1/4 finalga yo‘llanma oladi. Chorakfinalda g‘olib bo‘lib, yarimfinalga chiqqan 4 jamoa avtomatik tarzda 2023 yilning may-iyun oylarida Indoneziyada o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Qayd etish joiz, Indoneziya U20 jamoasi mezbon sifatida allaqachon turnir ishtirokchisiga aylangan.  

O‘zbekiston yoshlar jamoasi tarkibiga kimlar chaqirilgan?

2018 yil Xitoyda O‘zbekiston yoshlar jamoasini Osiyo chempioniga aylantirgan Ravshan Haydarov bu safar 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilardan iborat jamoa bilan zafar quchishga urinadi. Uning qo‘l ostida yoshlar jamoasi BAA va Turkiyada o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazib, turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rishga erishdi. Murabbiylar shtabi musobaqada mamlakat sha’nini himoya qiladigan 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qildi. Unda Abbosbek Fayzullayev, Umarali Rahmonaliyev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov singari Superligada nom qozonishga ulgurgan o‘yinchilarni ko‘rish mumkin. 

Guruhlar: O‘zbekiston qaysi raqiblarga qarshi o‘ynaydi?

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar jamoasi JCh-2023 mezboni Indoneziya, Iroq va Suriya singari kuchli raqiblar bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Qo‘shnilarimizdan Tojikiston C guruhida, Qirg‘iziston esa D guruhidan joy oldi. 

«A» guruhi: O‘zbekiston, Indoneziya, Iroq, Suriya; 

Suriya U20 yoshlar jamoasi haqida ma’lumot:

Bosh murabbiy — Mark Votte

Suriya U20 yoshlar jamoasi Iordaniyada bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi saralash bosqichining «D» guruhida 9 ochko to‘plagan holda final bosqichga yo‘l olgan. 

Iroq U20 yoshlar jamoasi haqida ma’lumot:

Bosh murabbiy — Emad Muhammad

Iroq U20 yoshlar jamoasi Kuvaytda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi saralash bosqichining «H» guruhida 6 ochko to‘plagan holda final bosqichga yo‘l olgan. 

Indoneziya U20 yoshlar jamoasi haqida ma’lumot:

Bosh murabbiy — Shin Tae-Yong

Indoneziya 2024 yil jahon chempionatini qabul qiladigan davlat sifatida Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichida «D» guruhida 9 ochko to‘plagan holda final bosqichga yo‘l olgan. 

Uchrashuvlarga qaysi stadionlar mezbonlik qiladi?

Osiyo chempionati o‘yinlari Toshkentdagi «Bunyodkor», «Jar», «Lokomotiv» hamda Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkaziladi. 

«Bunyodkor» stadioni

2012 yil avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Ochilish o‘yini va hal qiluvchi final bahsiga ushbu o‘yingoh mezbonlik qiladi. 

«Bunyodkor» o‘yingohida o‘tadigan o‘yinlar taqvimi: 

01.03.2023 | 19:00

O‘zbekiston — Suriya 

03.03.2023 | 17:00

Saudiya Arabistoni — Qirg‘iziston 

04.03.2023 | 19:00

Iroq — O‘zbekiston 

06.03.2023 | 17:00

Xitoy — Saudiya Arabistoni 

08.03.2023 | 17:00

Janubiy Koreya — Tojikiston 

11.03.2023 | 19:00

(Chorak final №1) 

15.03.2023 | 19:00

(Yarim final №1) 

18.03.2023 | 19:00

Final. 

«Istiqlol» stadioni

Ushbu stadion Farg‘ona shahrida joylashgan bo‘lib, 2015 yilda qurib bitkazilgan va hozirda 20 200 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. 

«Istiqlol» o‘yingohida o‘tadigan o‘yinlar taqvimi: 

01.03.2023 | 15:00

Avstraliya — Vetnam 

01.03.2023 | 19:00

Qatar — Eron 

04.03.2023 | 15:00

Eron — Avstraliya 

04.03.2023 | 19:00

Vetnam — Qatar 

07.03.2023 | 15:00

Vetnam — Eron  

07.03.2023 | 19:00

O‘zbekiston — Indoneziya 

«Jar» stadioni 

Poytaxtimizda joylashgan stadion 1998 yilda foydalanishga topshirilgan. Ushbu o‘yingoh «Jar» sport majmuasining bir qismi hisoblanadi. Stadion o‘z bag‘riga 8500 tomoshabinni sig‘dira oladi. 

«Jar» o‘yingohida o‘tadigan o‘yinlar taqvimi: 

02.03.2023 | 15:00

Janubiy Koreya — Ummon 

03.03.2023 | 15:00

Yaponiya — Xitoy 

05.03.2023 | 15:00

Iordaniya — Janubiy Koreya 

06.03.2023 | 15:00

Qirg‘iziston — Yaponiya 

07.03.2023 | 15:00

Qatar — Avstraliya 

09.03.2023 | 17:00

Xitoy — Qirg‘iziston 

11.03.2023 | 15:00

(Chorak final №2) 

12.03.2023 | 15:00

(Chorak final №3) 

15.06.2022 | 15:00

(Yarim final №2) 

«Lokomotiv» stadioni 

Ushbu stadionning rekonstruksiya ishlari 2009 yili boshlanib, 2012 yili yakunlangan. Stadion sig‘imi 8,000 tomoshabinga mo‘ljallangan.

«Lokomotiv» o‘yingohida o‘tadigan o‘yinlar taqvimi: 

01.03.2023 | 17:00

Indoneziya — Iroq 

02.03.2023 | 17:00

Tojikiston — Iordaniya 

04.03.2023 | 17:00

Suriya — Indoneziya 

05.03.2023 | 17:00

Ummon — Tojikiston 

07.03.2023 | 19:00

Iroq — Suriya 

08.03.2023 | 17:00

Iordaniya — Ummon 

09.03.2023 | 17:00

Saudiya Arabistoni — Yaponiya 

12.03.2023 | 19:00

Chorakfinal (№ 4). 

Musobaqa TV-translatsiyasi haqida

2023 yilda ham O‘zbekistonda Osiyo futboli doirasidagi turnirlar TV-translatsiyasi huquqi «UzReport» telekanaliga tegishli ekani bois, Osiyo kubogi U20 uchrashuvlari aynan ushbu telekanal orqali namoyish etiladi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar jamoasining 1-tur doirasida bugun, 1 mart kungi Suriyaga qarshi o‘yini ham soat 19:00dan boshlab «UzReport» telekanalida jonli efirda ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: