Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat aholidan elektr energiyasini qanday sotib oladi?
1 apreldan boshlab, davlat o‘z uyiga quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolardan ortiqcha elektr energiyasini 1 kW-soat uchun 1000 so‘mdan to‘lab sotib oladi. Jarayon qanday tashkil etiladi?

2023 yil 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kW-coatgacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Dasturga ko‘ra, yil oxirigacha 37 mingta xonadonga quyosh panellarini o‘rnatish reja qilinyapti.
15 fevraldagi prezident qarori bilan 2023 yil 1 apreldan boshlab kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish rejasi tasdiqlangan.
Quyosh panelidagi ortiqcha elektr toki va subsidiyalar qanday hisoblanadi?
Uyingizga o‘rnatilgan quyosh panellari sizga yetadiganidan ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarsa, davlat uni kafolatli ravishda sotib oladi. Buning uchun quyosh paneli raqamli hisoblagichga ulanadi va davlat bilan o‘rtangizdagi hisob-kitoblar avtomatik ravishda ro‘y beradi.
Masalan, oy davomida siz elektr tarmog‘idan 100 kW-soat elektr energiyasi oldingiz, siz o‘rnatgan panellar esa aytaylik 500 kW-soat tok ishlab chiqardi. Agar oy yakunlari bo‘yicha siz tarmoqqa uzatgan tok miqdori tarmoqdan olingan tok miqdoridan ko‘p bo‘lsa, ana shu o‘rtadagi ijobiy farqning har bir kW-soati uchun davlat 1000 so‘mdan subsidiya to‘laydi.
Agar quyosh panellari kattaroq bo‘lib, o‘rtadagi ijobiy farq 200 kW-soat bo‘lsa, subsidiya o‘z-o‘zidan 200 ming so‘m, 5000 kW-soat bo‘lsa, subsidiya 500 ming so‘m bo‘ladi. Uy uchun mo‘ljallangan eng kichik quyosh panellari odatda 3 kilovattlik bo‘ladi. Davlat esa 50 kilovattgacha quvvatdagi panellar uchun xonadon egalariga subsidiya to‘lashga tayyorligini bildirgan. Albatta, umumiy tarmoqqa uzatiladigan elektrning maksimal cheklangan miqdori tarmoqning texnik imkoniyatlariga bog‘liq.
Subsidiyalar qanday to‘lanadi?
Mexanizm avtomatik ishlashi uchun uyingizdagi elektron hisoblagich “Soliq” ilovasiga integratsiya qilinadi. Oyning 25-sanasigacha o‘tgan oy uchun subsidiya plastik kartangizga tushirib beriladi. Har oylik hisob-kitoblar SMS tarzida yuborib turiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” vakillarining aytishicha, kompaniyaning billing tizimi orqali xonadon qancha tokni asosiy manbadan, qanchasini quyosh panellaridan olganini avtomatik hisob-kitob qilib boradi.
Yana bir ma’lumot: subsidiya orqali olgan daromadingiz soliqqa tortilmaydi. Bundan tashqari, 1 martdan boshlab uyga panellar o‘rnatish uchun elektr korxonasidan texnik shart olish ham kerak emas.
Muhim eslatma: subsidiya to‘lanayotgan bo‘lsa ham, umuman olganda uyga quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish arzon turmaydi. Biz masalaning bu va boshqa jihatlari bilan keyingi videolarimizda tanishtirib boramiz.
Madina Ochilova,
Javohir G‘ayratov,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

14:57 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon qancha “yashil” energiya ishlab chiqarilgani aytildi

18:51 / 26.06.2025