YeChL. «Man Siti» Leypsigda durang o‘ynadi, Lukaku «Inter»ga g‘alaba keltirdi

Sport 03:16 / 23.02.2023 22646

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalning birinchi o‘yinlari yakuniga yetdi. 

«Manchester Siti» Germaniyada «Leypsig» bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Mahrezning goliga Gvardiol javob berdi. 

«Inter» o‘z maydonida «Portu»ga qarshi tengma-teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda Lukakuning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. 

Ushbu juftliklarda javob o‘yinlari 14 martda bo‘lib o‘tadi. 

YeChL. 1/8 final. 22 fevral

Leypsig — Manchester Siti 1:1
Gollar:
Gvardiol (70) — Mahrez (27). 
Leypsig – Blasvix, Klostermann (Henriks, 46), Orban, Gvardiol, Halstenberg (Raum, 89), Forsberg (Nkunku, 66), Laymer, Shlager (Aydara, 82), Soboslai, Andre Silva (Poulsen, 82), Verner.
Manchester Siti – Ederson, Ake, Diash, Akanji, Uoker, Gundo‘g‘an, Grilish, Silva, Rodri, Mahrez, Holand.
Ogohlantirish: Henriks (89).

Inter — Portu 1:0
Gol:
Lukaku (86).
Inter – Onana, Darmian, Acherbi, Shkrinyar (Dumfris, 81), Bastoni, Dimarko (Gozens, 58), Mxitaryan (Brozovich, 72), Chalxono‘g‘li, Barella, Jyeko (Lukaku, 58), Martines.
Portu – Diogu Koshta, Joau Mariu (Borxes, 90+2), Pepe, Markano, Sanusi, Uribe, Otavio, Gruyich, Taremi (Vendell, 83), Pepe, Galeno (Evanilson, 51).
Ogohlantirishlar: Dimarko (41), Otavio (41), Pepe (63).
Chetlatish: Otavio (78).

Ko‘proq yangiliklar: