Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolariga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berildi – prezident qarori
Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini qaytarib berish tartibi joriy etildi.
«Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori (PQ-69, 23.02.2023) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida respublika budjetidan paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga 1 nafardan kam bo‘lmagan ishchilarning bandligi ta’minlanganda;
- har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;
- paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.
Soliq qo‘mitasi bir oy muddatda daromad solig‘ini hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan keyin to‘liq miqdorda qaytarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqadi.
2023 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolari yuzasidan (respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar bundan mustasno) yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani uch qavatli binolar bo‘yicha – 0,9, to‘rt qavatli binoga – 0,8, besh qavatli binoga – 0,7, olti qavatli binoga – 0,6, yetti va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi.
Bunda, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
- mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi xonalar bilan (ofis uchun xonalar va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun, kasbni egallash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish xonalari va h.k) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan bo‘lsa;
- ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bo‘lsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qo‘llanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

12:36 / 08.07.2025
Jizzaxda qishloq xo‘jaligi yerlarining atigi 40 foizida ekin ekilayotgani ma’lum bo‘ldi

12:34 / 08.07.2025
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi

16:39 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?

19:24 / 05.07.2025