Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. «Real» «Enfild»da 0:2 hisobini yirik g‘alabaga aylantirdi, «Napoli» ham 1/4 final sari katta qadam tashladi

Foto: Getty Images
Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bahslari davom ettirildi.
O‘tgan mavsum finalchilari o‘rtasida «Enfild»da bo‘lgan to‘qnashuvda «Real» tezkor gollar o‘tkazib yuborganiga qaramay, navbatdagi kambekni amalga oshirdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Nunes va Salohning gollariga Vinisius hamda Benzema dubli bilan javob berdi. Shuningdek, Militao ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. E’tiborlisi, ikki jamoa darvozabonlari qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, bittadan golga sababchi bo‘lishdi.
«Napoli» esa Frankfurtda «Ayntraxt»ni ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqich sari katta qadam tashladi. Mezbonlarning yetakchi hujumchisi Kolo-Muani qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Ushbu juftliklarda javob bellashuvlari 15 mart kuni o‘tkaziladi.
YeChL. 1/8 final. 21 fevral
Liverpul — Real 2:5
Gollar: Nunes (4), Saloh (14) — Vinisius (21, 36), Militao (47), Benzema (55, 67).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 73), Roberson, Baychetich (Elliott, 85), Henderson (Milner, 73), Fabino, Saloh, Gakpo (Firmino, 64), Nunes (Jota, 64).
Real – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Alaba (Nacho, 27), Modrich (Kroos, 87), Valverde, Kamavinga, Benzema (Asensio, 87), Vinisius, Rodrigo (Sebalos, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius (60), Elliott (90+3).
Ayntraxt — Napoli 0:2
Gollar: Osimhen (40), Di Lorenso (65).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Kvaratsxeliya (36).
Ayntraxt – Trapp, Buta (Knauff, 69), Yakich, Ndika, Tuta, Maks (Lens, 90+2), Gyotse (Alidu, 81), Sou, Kamada, Lindstrem (Borre, 69), Kolo-Muani.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zelinski, Zambo-Angissa (Ndombele, 80), Losano (Elmaz, 80), Osimhen (Simeone, 84), Kvaratsxeliya (Politano, 84).
Ogohlantirishlar: Kim Min Chje (38), Gyotse (60), Elmaz (83).
Chetlatish: Kolo-Muani (58).
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025