Toshkentda ko‘pqavatli uy yerto‘lasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani aniqlandi
Unga 15 kun muddatda binoni o‘z holiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berildi.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan aholi murojaatlariga asosan ko‘pqavatli uylarda noqonuniy qurilmalarni aniqlash va huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish ishlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Labzak dahasi 1-a uyning yerto‘lasi tekshirilganda, tegishli talablarni buzgan holatda o‘zgartirilgani aniqlangan. Fuqaro loyiha hujjatlaridan chetga chiqqan holda binoning tayanch devorlari hamda kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvini o‘zgartirgan.
Inspeksiya tomonidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda binoni o‘z holiga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Mavzuga oid

15:27
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025