OChL. «Nasaf» 1/8 finalda «Ash Shabob»ga yutqazib, turnirni tark etdi

Sport 01:18 / 20.02.2023 27061

2022 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida G‘arb mintaqasida pley-off bahslari boshlandi. 

Qatarda markazlashtirilgan tarzda o‘tayotgan turnirning 1/8 finalida «Nasaf» Saudiya Arabistonining yetakchi klublaridan biri «Ash Shabob»ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Nimchorakfinalning yana bir bellashuvida Qatarning ikki jamoasi «Ad Duhayl»va «Ar Rayyan» to‘qnash keldi. Unda Ernan Krespo shogirdlari penaltilar seriyasida ustun keldi.

OChL. 1/8 final. 19 fevral
Ash Shabob — Nasaf 2:0
Gollar: Al Qahtoni (12), Banega (54).

Ash Shabob — Kim, As Sagur, Ash Sharari, At Tambakti, Al Harbi, Al Qahtoni, Sharahili, Banega, Guanka, Bahebri, Mina.
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev (Shuhrat Muhammadiyev, 65), Umar Eshmurodov, Jo‘rabek Mannonov (Shahzod Akramov, 79), Alibek Davronov, Sherzod Nasrullayev (Muhammadjon Rahimov, 65), Husniddin Aliqulov, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Suhrob Nurulloyev, 79), Javohir Siddiqov (Nodirbek Mukarov, 79), Husayn Norchayev.
Ogohlantirish: At Tambakti (7).

Ad Duhayl — Ar Rayyan 1:1
Penaltilar seriyasi — 7:6
Gollar: Muntari (107) — Nzonzi (120+3).

Ko‘proq yangiliklar: