Turkiyadagi zilzila: qurbonlar soni 46 mingdan oshdi va yana o‘sishi mumkin

Jahon 09:06 / 19.02.2023 20485

Turkiyada ham qurbonlar soni oshishi o‘sishda davom etishi kutilmoqda, mamlakatda 345 ming kvartira vayron bo‘lgan va ko‘plab odamlar hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Turkiya qutqaruv xizmati AFAD rahbari Yunus Sezer yer silkinishlari epimarkaziga eng yaqin shahar bo‘lgan Qahramonmarashda qutqaruv ishlari yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi. «Qahramonmarashda yana 19 bino qoldi va Adimayandagi Chinor obektida ishlar davom ettirilmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari ertaga kechga borib yakunlanib qoladi», degan u.

Payshanba kuni 6 fevral kungi zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan Turkiyaning Hatay viloyatida 5,1 magnitudali yana bir zilzila ro‘y berdi. Shanba kuni Hatay gubernatori Rahmi Do‘g‘an viloyatdagi bino xarobalarini tozalash ishlari 19 fevral kuni boshlanishini aytdi.

Hatayda so‘nggi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni aniq emas. BBC turk xizmatiga ko‘ra, mamlakatda zilzila oqibatida jarohat olganlar soni 100 mingdan oshadi.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘ja tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganlar soni bundan ancha ko‘proq ekanini aytdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarda 12 kun ichida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganlar soni 962 ming kishini tashkil etgan. BMT esa zilziladan jabrlanganlarning jami sonini 5,2 mln kishiga baholagan.

Xo‘ja 6 mingdan ortiq jabrlangan kishi hamon shifoxonalarda qolayotganini xabar qilgan. 13 mingdan ortiq kishiga javob berilgan.

Jabrlanganlarga yordam va aybdorlarni qidirish

Turkiyada qidiruv-qutqaruv ishlari 6 fevraldan buyon to‘xtamadi. Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtoy juma kuni zilziladan jabrlangan viloyatlarda qutqaruvchilar hali ishni davom ettirayotgan 200 ming bino qolganini aytdi - tabiiy ofat hududida jami 830 mingdan ortiq bino shikastlangan, shundan 105 mingtasi vayron bo‘lgan.

14 fevral kuni vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin chiqish qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zilzila oqibatida vayron bo‘lgan binolarning 98 foizi 1999 yilga qadar qurilgan binolar ekanini aytdi.

Shu bilan birga, tabiiy ofat oqibatida ancha zamonaviy binolar shikastlanganiga ham dalillar bor.

Erdo‘g‘an zilziladan omon qolgan 890 ming kishi jamoat yotoqxonalariga, yana 50 ming kishi - mehmonxonalarga joylashtirilgani, jami 1,6 mln kishi zilziladan keyin vaqtincha turar joylar bilan ta’minlangani haqida aytdi.

AFAD qutqaruv xizmati 16 fevral kuni Turkiyadagi va xalqaro tashkilotlar tabiiy ofatdan jabrlangan hududlarga 387 mingga yaqin palatka yuborgani, shundan 172 265 mingtasi joylari o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi. Hududlarga 3 mln adyol ham yetkazib berilgan.

Ammo 17 fevral kuni qochqinlarga yordam guruhi palatkalar, adyollar, tozalash vositalari va yegulik yuborishni so‘rashda davom etdi. AFAD ma’lumotiga ko‘ra, regiondan 216 347 kishi evakuatsiya qilingan.

Bu vaqtda esa Turkiya adliya vazirligi rasmiylar fikriga ko‘ra binolar zilzilaga dosh bera olmagani uchun aybdor bo‘lganlarni hibsga olishda davom etmoqda.

Hafta boshida Turkiya hukumati gumonlanuvchilarni hibsga olish uchun kamida 113 order bergani ma’lum bo‘lgandi, ular odamlar qurbon bo‘lishida javobgar deb hisoblangan. Keyinroq adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ binolar vayron bo‘lishida aybdor ekani gumonlanayotgan 134 kishiga tegishli choralar qo‘llangani haqida xabar qildi.

Shanba kuni Turkiya adliya vazirligi 10 ta viloyatda prokurorlarga «zilzila bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘limlar» tashkil etishga ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: