Po‘lat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi, Bekmurod Abdullayev esa uning birinchi o‘rinbosari etib saylandi
2022 yilning fevralida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Voleybol federatsiyasi rahbari etib saylangandi. U prezident administratsiyasiga ishga o‘tganidan buyon ushbu lavozim bo‘sh qolayotgan edi.

Foto: MOQ
18 fevral kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Unda ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, federatsiyaning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida raisning birinchi o‘rinbosari ham saylangan. Po‘lat Bobojonovga IIVda o‘rinbosarlik qilib kelayotgan general-mayor Bekmurod Abdullayev Voleybol federatsiyasida ham unga muovinlik qiladigan bo‘ldi.