Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi yig‘inda rossiyalik va ukrainalik futbolchilar o‘zaro mushtlashdi
Ikki mamlakat futbolchilari bir mehmonxonaga joylashtirilgan.

Foto: Videodan kadr
Turkiyaning Royal Seginus mehmonxonasida Rossiyaning «Shinnik» jamoasi futbolchilari Ukrainaning «Minay» klubi futbolchilari bilan mushtlashdi.
Rossiya telegram kanallarining yozishicha, ukrainalik sportchilar rossiyalik futbolchilar bilan bir mehmonxonada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida yashashini bilib, o‘zini tajovuzkor tutib, ataylab janjal qo‘zg‘atgan.
Dastlab, Baza kanali 13 fevral kuni kechqurun ukrainaliklar «Shinnik» klubi boshlig‘idan Ukraina madhiyasini kuylashni talab qilgani, shundan so‘ng, u ko‘chaga chiqib «orani ochiq qilishni» taklif etgani haqida yozdi. Kanalning ma’lum qilishicha, mehmonxona vakillari oraga tushib, janjalning oldini olgan.
Keyinroq Baza voqea boshqacha bo‘lganini, ukrainaliklar ruslardan nega Rossiya rejimiga qarshi norozilikka chiqmaganligini so‘raganidan keyin janjal yuz berganini yozdi. Shundan so‘ng har ikkala tomon liftda mushtlashib ketgan. Vaziyatga politsiya aralashib, mojaroni to‘xtatgan.
Ukraina manbalari voqealar boshqacha rivoj olganini yozdi. «Zerkalo Nedeli» gazetasining yozishicha, rossiyalik futbolchi mast holda mehmonxona xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lgan, ukrainaliklar unga tanbeh berganidan keyin janjal boshlanib ketgan.
Rossiyaning Mash telegram kanali mushtlashuvda to‘rt nafar rossiyalik sportchi jarohatlangani haqida xabar berdi. «Kommersant»ning aniqlik kiritishicha, futbolchilar shifokor ko‘rigidan o‘tgan. Ulardan birining labi kesilgan, boshqasining barmog‘i singan, yana birining qovurg‘asi singani gumon qilinmoqda. Ukrainalik sportchilarning jarohat olgani haqida ma’lumotlar yo‘q.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari janjal takrorlanmasligi uchun mehmonxonada navbatchilik qilgan. «TASS» xabariga ko‘ra, futbolchilar politsiyaga ariza yozmaslikka qaror qilishgan. Yaqin kelajakda jamoalar turli mehmonxonalarga joylashtiriladi.
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, «Shinnik» klubi mehmonxona ma’muriyatidan o‘z futbolchilarini ukrainalik futbolchilar bilan birga joylashtirmaslikni oldindan so‘ragan, biroq 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila tufayli Turkiyada mehmonxonalarda joy yetarli emasligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

14:57 / 19.07.2025
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi

12:41 / 19.07.2025
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

11:44 / 19.07.2025