Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uzoq muddatli yordam berish haqida o‘ylashimiz kerak» – Turkiyadagi ko‘ngilli vatandoshlar
Kun.uz Turkiyada ko‘ngilli sifatida yordam berayotgan vatandoshlarimiz bilan bog‘landi. Ular qayerda yordamga ehtiyoj sezilsa, o‘sha yerga yo‘l olishlarini aytishdi.

Adhamjon Abdurahmon hozirda Turkiyaning zilziladan talafot ko‘rgan hududlaridan biri Elbiston shahrida. Ayni paytda u yerda jamoasi bilan insonlarga ovqat tayyorlab ulashmoqda. Vatandoshimiz bilan onlayn bog‘langanimizda, u bizga o‘zi guvoh bo‘layotganlari haqida gapirib berdi.
«Bu yerda uylar yer bilan bitta bo‘lib ketgan. Ko‘proq ishchilar bor hozir. Aholining ko‘pi shaharni tark etgan, qolgan aholi chodirlarga joylashgan.
Bu darajada deb o‘ylamagan edik. Katta ehtiyoj bor ekan issiq ovqatga. Hozir ko‘paytiryapmiz, uchta qozonda ovqat qilib tarqatyapmiz. Birinchi yon-atrofimizdagi kishilarga tarqatamiz, keyin mashinada boshqa joylarga ham yetkazamiz. Asosan ishchilarga yetkazib beryapmiz. Ba’zida yetmay qolishi ham mumkin. Istanbuldan yana bir yuk mashinasida oziq-ovqat va jamoa yo‘lga chiqqan.
Afshinda ehtiyoj yo‘q ekan, shuning uchun bir-ikki kun Elbistonda bo‘lamiz. Bu yerda ham bizga ehtiyoj sezilmasa, boshqa joyga boramiz. Qayerda bizga ehtiyoj bo‘lsa, o‘sha yerga ketaveramiz biz. Ba’zi joylarda isrof bo‘lyapti chunki.
Hozir hamma vahimada. Biz o‘zimizni bosib olishimiz kerak. Odamlar uy-joysiz, hamma narsasidan ayrilgan, asl muammolar endi chiqa boshlaydi. Turk xalqi bu muammolar bilan ko‘p yashaydi hali...Turk xalqining musibatida birlashgan xalqimizdan minnatdorman. Men o‘zbekligimdan yana bir bor g‘urur tuydim».
Registon TV jamoasi zilziladan aziyat chekkanlarga yordam berish uchun «Turk xalqiga ko‘mak» loyihasini olib borishyapti. Unga nafaqat O‘zbekiston va Turkiyada yashovchi vatandoshlarimiz, balki butun dunyo o‘zbeklari qo‘shilishmoqda. 11 fevral holatiga ko‘ra loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 3 mlrd 200 mln so‘mdan oshiq pul yig‘ilgan.
«Shu ishlar bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik qilyapmiz. Mablag‘ning bir qismini ularga o‘tkazish orqali yordamni kerakli joylarga yetkazish haqida ham o‘ylayapmiz. Chunki biz aynan qayerga qanday yordam kerakligini bilmaymiz. Yordam tashkilotlari reja asosida bizni qayerga yo‘naltirsa, o‘sha yerga boryapmiz. Bu muammolarni bartaraf qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilyapmiz. Turklar ham buni bilib turishibdi, e’tirof etishyapti va juda ta’sirlanishyapti», – deydi loyihaga ko‘maklashayotgan jurnalist Abdukarim Mirzayev.
Uning aytishicha ayni paytda yordam berishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim. Chunki zilziladan aziyat chekkanlarga uzoq muddatli yordam kerak bo‘ladi.
«Zilzila bo‘lgan hududlarda odamning ko‘pligi muammoni yechmaydi, qaytaga ko‘paytiradi. Chunki yashash joylari masalasida muammolar bor. Bu narsalar o‘zboshimchalik bilan qilinadigan ishmas. Zilziladan zarar ko‘rganlar boshqa viloyatlarga ketyapti, ularga yordam berish kerak. Bir necha kun falokat joyiga borib yordam berish emas, hali uzoq vaqt davom etadi bu asorat. Shunga ko‘ra harakat qilishlarini tavsiya etgan bo‘lardim. Davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirish kerak bu ishlarni. O‘zboshimchalik bilan muammoni yechmaymiz, uni yaratamiz», - deya qo‘shimcha qildi vatandoshimiz.
Ma’lumot berilishicha, «Turk xalqiga ko‘mak» loyihasi doirasida bir guruh yigitlar oziq-ovqat mahsulotlari va isinish uchun kerakli jihozlarni tarqatish; jamoaning yana bir qismi gaz va elektr yo‘q hududlarga ko‘mir yetkazib berish; bir guruh ko‘ngillilar aynan qutqaruv ishlari olib borilayotgan joylarda issiq ovqat tayyorlab tarqatish ishlari bilan shug‘ullanishmoqda. 30 nafar vatandoshimiz esa Istanbuldan hududlarga ta’minotni yetkazib bermoqda. Bundan tashqari kelayotgan haftadan boshlab yig‘ilgan pullar hisobidan zilziladan aziyat chekkanlarga ikki ming liradan (100 $) tarqatish ishlari boshlanadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2030 yilgacha asfalt qilinmagan ichki yo‘l qolmaydi - Transport vaziri
O‘zbekiston | 15:04
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
-
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi
Jamiyat | 14:58
-
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi
Jahon | 14:47
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:55 / 09.07.2025