Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bokschilari Toshkentda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boykot qiladi
Bunga rossiyalik va belaruslik bokschilarning o‘z bayrog‘i ostida qatnashishiga ruxsat berilishi sabab bo‘lgan.

Foto: Getty Images
AQSh Boks federatsiyasi (USA Boxing) rossiyaliklarning o‘z davlat bayrog‘i ostida jahon chempionatida ishtirok etishiga ruxsat berilganiga salbiy munosabat bildirdi. Amerikalik bokschilar erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
USA Boxing bayonotiga ko‘ra, Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) pozitsiyasi nafaqat Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Rossiya va Belarus bayroqlaridan sport musobaqalarida foydalanishni taqiqlovchi sanksiyalarini, balki adolatli o‘yin va shaffoflik tamoyillarini ham buzadi.
Bundan tashqari, USA Boxing jahon chempionatini boykot qilish qaroriga ta’sir etgan boshqa sabablarni ham keltiradi. Ular orasida IBA moliyaviy boshqaruvi shaffof emasligi va sanksiyalar ostidagi kompaniyalarga qaramligi ham bor.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 2023 yilning mart oyida Hindiston poytaxti Dehli shahrida, erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
2022 yil fevral oyida XOQ Ukrainada boshlangan urush tufayli xalqaro sport federatsiyalariga rossiyalik va belarusliklarni musobaqalardan chetlatishni tavsiya qildi. Aksariyat federatsiyalar, jumladan, IBA ham XOQ tavsiyalariga amal qildi.
Biroq oktyabr oyida IBA direktorlar kengashi Rossiya va Belarus bokschilarining o‘z shafeligidagi musobaqalarga kiritilishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. IBA qaroriga ko‘ra, rossiyalik va belaruslik bokschilar o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan chiqishadi.
Qayd qilish jiozki, IBA tashkilotiga rossiyalik Umar Kremlyov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, tashkilotga Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi homiylik qilyapti.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi
Jahon | 07:52
-
O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi
O‘zbekiston | 07:47
-
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan
Jahon | 07:40
-
Bundestag stipendiyasi dasturida O‘zbekiston yoshlari soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 07:39
Mavzuga oid

07:52
Yevroparlament Ukraina tinch aholisini qiynoqqa solganlarni jazolashga chaqirdi

07:40
CNN: Hegset Oq uyni xabardor qilmasdan Ukrainaga yordamni to‘xtatgan

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

23:17 / 10.07.2025