Ukrainada harbiy holat rejimi may oyi oxirigacha uzaytirildi

Jahon 16:11 / 07.02.2023 6900

Ukraina Oliy radasi mamlakatdagi harbiy holat rejimi va umumiy safarbarlik muddatini 90 kunga — 20 mayga qadar uzaytirdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tegishli qonun loyihalarini qabul qilish uchun 348 nafar va 344 nafar deputat ovoz berdi, minimal talab qilinadigan ovozlar soni esa 226 tani tashkil qilgan. 

Loyihalarga tushuntirish xatida ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzini qaytarishga qaratilgan adekvat choralarni ko‘rish zarurligi qayd etilgan. 

Ukrainada o‘tgan yilning 24 fevralida urush boshlanganidan beri harbiy holat rejimi oltinchi marta uzaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: