Rossiya g‘arb texnikasi kelguniga qadar hujumga o‘tishga shoshilyapti - ISW

Jahon 13:20 / 07.02.2023 12150

Xususan, Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 5 fevral kuni rossiyaliklar keng ko‘lamli urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan ramziy ma’noda oy oxirida yangi hal qiluvchi hujumni boshlashini taxmin qildi, deydi tahlilchilar. 

Shuningdek, ular Ukraina armiyasining ismi oshkor etilmagan maslahatchisi Financial Times nashriga Rossiya yaqin 10 kun ichida, ya’ni 15 fevralgacha hujum uyushtirish niyatida ekanligini aytganini eslatishdi. 

Shu bilan birga, ayrim rossiyaliklar hali ham Rossiya Federatsiyasining fevral oyining oxirida muvaffaqiyatli hujumni boshlash qobiliyatiga shubha bildirmoqda. 

Tahlilchilarning fikricha, har ikkala kuzatuv Rossiya harbiy rahbariyati g‘arb harbiy yordami va 2022 yil bahorida Rossiya texnikasining olg‘a siljishiga to‘sqinlik qilgan Ukrainadagi bahorgi ob-havo kelguniga qadar hal qiluvchi hujumga o‘tishga shoshilayotganini bildiradi.

Ko‘proq yangiliklar: