Germaniya Ukrainaga 178 ta Leopard tankini yetkazib berishni ma’qulladi

Jahon 22:47 / 07.02.2023 10286

Germaniya hukumati Ukrainaga 178 ta Leopard 1 tankini topshirishga rozi bo‘ldi, deb yozdi Spiegel o‘z manbalarga tayanib. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy ta’minot haqida yaqin orada e’lon qilinadi.

Tanklarning bir qismi yozda Ukrainaga yetib boradi. Biroq, ta’minotning asosiy qismini Kiyev 2024 yilda oladi. Business Insider avvalroq Germaniya Ukrainaga 187 ta Leopard 1 tankini yuborishi haqida xabar bergan edi.

Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina kamroq tank olishi ham mumkin. Chunki tanklarni ta’mirlash uchun ularning ba’zilarini qismlarga ajratishga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Rheinmetall qurolsoz kompaniyasi bosh direktori Armin Papperger 2023 yil oxirigacha Ukrainaga 20-25 ta Leopard 1 tanklari yetkazib berilishini aytdi. Qolgan 88 ta tank 2024 yilda jo‘natiladi.

25 yanvar kuni Germaniya Kiyevga 14 ta Leopard 2 tankini yetkazib berishini ma’lum qildi. 3 fevral kuni Sueddeutsche Zeitung nemis hukumati mamlakat Mudofaa vazirligi arsenalidan Ukrainaga eskirgan Leopard 1 tanklarini berish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berdi.

Biroq, bu tanklar birinchi navbatda ta’mirlanishi kerak. Agar Ukraina ularni 100 million yevroga sotib olishga rozi bo‘lsa, Rheinmetall va FFG shu turdagi o‘nlab tanklarni ta’mirlashga tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: