Bryussel Zelenskiy Yevropa kengashi sammitiga taklif etilganini tasdiqladi

Jahon 08:35 / 07.02.2023 6611

Bu haqda Yevropa kengashi rahbari vakili Barend Leyts ma’lum qildi. Bryussel xavfsizlik nuqtayi nazaridan qo‘shimcha ma’lumot berish niyatida emas, deya qo‘shimcha qildi u.

Ukraina hukumati Rossiyaning yangi keng ko‘lamli hujumni boshlash niyati haqida «razvedkadan juda ishonchli ma’lumot» olgandi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining o‘zini tanishtirmagan maslahatchisiga tayanib, Financial Times xabar berdi. Unga ko‘ra, hujum keyingi 10 kun ichida boshlanishi mumkin. 

Mutaxassislar Luhansk viloyatining o‘tgan yil kuzidagi qarshi hujum paytida Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilingan Kremennaya va Liman shaharlari yaqinidagi g‘arbiy qismini uning ehtimoliy yo‘nalishi deb atamoqda. Mahalliy rasmiylar va G‘arb tahlilchilariga ko‘ra, Rossiya bir necha haftadan beri bu yo‘nalishda qo‘shin to‘plamoqda. Ayni paytda, Moskva Donetsk viloyati janubida o‘z kuchlarini to‘plamoqda, deya ta’kidlaydi gazeta. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 5 fevral kuni kechki murojaatida OAVda rus qo‘shinlari fevral oyida «o‘tgan yilgi mag‘lubiyatlarni qaytarishni» rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarga ishora qilib, Donetsk viloyatidagi «juda og‘ir vaziyat» va shiddatli janglarni qayd etdi. «Ammo qanchalik og‘ir bo‘lmasin va qanday bosim bo‘lmasin, biz chidashimiz kerak», dedi u. 

Ko‘proq yangiliklar: