Turkiyadagi o‘zbekistonlik sportchilar holati bo‘yicha ma’lumot berildi 

Sport 21:32 / 06.02.2023 43658

Turkiyaning janubi-sharqiy hududlarida kuchli zilzila sodir bo‘lganidan keyin O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu mamlakatda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan va xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar haqida ma’lumot berdi. 

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasi Turkiyaning Qahramonmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq, mazkur hudud zilzila episentri markaziga aylanib qoldi. Sportchilarni O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi yordami bilan Anqara shahriga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda. Shundan so‘ng ular Toshkentga qaytib keladi. 

«Sportchi va murabbiylarning barchasi sog‘-salomat», deyiladi xabarda. 

Shuningdek, velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Alaniya, baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar esa Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda. Zilzila ushbu hududlarga katta ta’sir ko‘rsatmagan va mashg‘ulotlar reja asosida davom etyapti. 

Qolaversa, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ham Turkiya yig‘inida bo‘lib turgan bir nechta futbol klublari va turli yoshdagi milliy jamoalar a’zolarining salomatligi yaxshiligi haqida ma’lumot bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: