Turkiyada umummilliy motam e’lon qilindi

Jahon 23:31 / 06.02.2023 21947

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 6 fevralga o‘tar kechasi va kunduzi sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab mamlakatda umummilliy motam e’lon qildi. Motam 12 fevralgacha davom etadi. 

«Mamlakatimizda ro‘y bergan zilzilalar tufayli 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi. 12 fevral, yakshanba kunigacha barcha milliy va xorijiy idoralarimizdagi bayroqlar quyosh botgunga qadar tushirib qo‘yiladi», deyiladi Turkiya prezidentining bayonotida. 

Rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida 1651 kishi halok bo‘lgan, 11 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, ko‘plab uy-joylar vayron bo‘lgan. Seysmik to‘lqinlar yetib borgan qo‘shni Suriyada qurbonlar soni 960 nafardan oshgan. 

Ko‘proq yangiliklar: