So‘zlashish va telefonda suhbatlashish taqiqlangan sukunat maskani – Milliy kutubxonadan fotoreportaj

O‘zbekiston 10:22 / 04.02.2023 11400
Milliy kutubxonaning kirish eshigi Foto: Kun.uz
Birinchi qavatdagi holl  Foto: Kun.uz
3. Foydalanuvchilar kutubxonaga kirishda ust-boshlarini garderobga topshirishadi Foto: Kun.uz Foto: Kun.uz

1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ish boshlagan, 1920 yildan davlat kutubxonasi maqomiga ega bo‘lgan, 1948 yili esa Alisher Navoiy nomini olgan. Poytaxt markazidagi “Ma’rifat markazi” binosida faoliyat olib boradigan ushbu muassasa 2020 yili Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi bilan birlashib milliy kutubxona nomini olgan.

Kutubxonadagi kartoteka xonasi Foto: Kun.uz
Foydalanuvchilarga ko‘maklashayotgan kutubxona xodimi Foto: Kun.uz

Kutubxonada jami 20 ta zal bo‘lib, shundan 15 tasi o‘quv zali hisoblanadi. 7 qavatli binoning ikki qavati yerto‘la, kitobxonlarga 4 ta qavatdan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

Davlat ahamiyatiga molik tadbirlar o‘tkazilganda hamda tozalik kuni e’lon qilingan vaqtda kutubxona ishlamaydi. Bu haqda foydalanuvchilar rasmiy sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali oldindan xabardor qilinadi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, foydalanuvchilar soni kundan kunga ortmoqda. Muassasa nafaqat kunduzi, balki tunda ham kitobxonlar bilan gavjum joyga aylangan. 1 fevral holatiga Milliy kutubxonaga 321 240 nafar foydalanuvchi a’zo bo‘lgan.

Kutubxona xodimidan ma’lumot olayotgan foydalanuvchi Foto: Kun.uz

Bir kunda tashrif buyuradigan foydalanuvchilar soni o‘rtacha 1500-2000 kishini tashkil etmoqda. Milliy kutubxona bir vaqtning o‘zida 740 foydalanuvchiga xizmat ko‘rsata oladi.

Amerikaga nigoh zali Foto: Kun.uz
Koreyaga nigoh zali Foto: Kun.uz
Koreys tilidagi adabiyotni o‘qiyotgan kitobxon Foto: Kun.uz
Xitoyga nigoh zali Foto: Kun.uz
Kutubxonaning ayrim zallaridagi taqiq Foto: Kun.uz

24/7 ish rejimida faoliyatini boshlagan elektron o‘quv zaliga 1-30 yanvar kunlari 8117 kishi (3025 nafar erkak, 1733 nafar ayol) tashrif buyurgan. Shundan 1394 nafari o‘quvchilar, 5388 nafari talabalar, 366 nafari xizmatchilar, 784 nafari abituriyentlar, 110 nafari magistrlar, 54 nafari ilmiy xodimlar, 21 nafari chet el fuqarolaridir.

Tinch joy bo‘lgani uchun oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish niyatidagi ayrim abituriyentlar, shuningdek, maktab o‘quvchilari, talabalar ham shu yerda dars qilishadi Foto: Kun.uz
Milliy kutubxonaning eng yosh foydalanuvchilaridan biri Foto: Kun.uz

Milliy kutubxonaning umumiy fondi jami: 7 876 079 nusxa bo‘lib, shundan bosma nashrlar – 7 032 804 nusxani, elektron resurslar soni – 843 275 nusxani tashkil etadi. Shuningdek, bu yerda 689 nomdagi audiokitoblar mavjud. Kutubxonada 75 tilda kitoblar saqlanmoqda.

Suratlar muallifi: Hasan Yusupov

Ko‘proq yangiliklar: