“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi AYoQShlarda K5 ekologik sinfiga mos AI-80 rusumidagi import avtobenzini sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston 09:50 / 04.02.2023 23390

Joriy yilning yanvar oyida “Tatneft” (Rossiya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K-5 avtobenzinni import qilish bo‘yicha kelishuvga erishilib, "TANeKO" zavodidan jami 50 ming tonna AI-80-K-5 rusumdagi avtobenzini yuklab berilgan.

AI-80 avtobenzinga bo‘layotgan talabning ortib borayotganligini hisobga olib, taqchillik, uzilishlar va AYoQShlardagi navbatlarning oldini olish maqsadida, 4 fevral kunidan boshlab Jamiyat tasarrufidagi AYoQShlar orqali import qilingan AI-80-K-5 rusumli avtobenzin sotuvga chiqarildi.

Tovar-xomashyo birjasida AI-80-K-5 rusumli avtobenzinning boshlang‘ich narxi bir tonnasi uchun 7 168,3 ming so‘m, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda iste’molchilarga sotiladigan yakuniy narxi bir litri uchun 6 000 so‘mni tashkil etmoqda.

Fevral oyida “Tatneft” kompaniyasidan qo‘shimcha 50 ming tonna AI-80-K-5 avtobenzini xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Jamiyat tomonidan joriy yilning yanvar oyida “Gazprom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 5 ming tonna AI-80-K-5 rusumli avtobenzin xarid qilinib, AYoQShlar orqali respublikamiz iste’molchilari uchun realizatsiya qilindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: