O‘zbekiston va Malayziya oltin qazib olish sohasida loyihalar ishlab chiqadi

O‘zbekiston 11:23 / 04.02.2023 2726

O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi vakillari va Malayziyaning Paxang shtati Administratsiyasi Investitsiyalar va xususiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i Haslina binti Bahasan o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo»

Mazkur shtat palma yog‘i va kauchuk mahsulotining eng yirik eksportchisi, hududda sabzavot va guruch yetishtiriladi. Sanoat qishloq xo‘jaligi xom-ashyosini, palma yog‘i, kauchuk, yog‘ochni qayta ishlash, neft-kimyo va oltin qazib olishga ixtisoslashgan.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Malayziya tomoni O‘zbekistonning kon-metallurgiya sanoatidagi, oltin qazib olishdagi ulkan tajribasidan kelib chiqib, konchilik sohasida loyihalarni ishlab chiqish va o‘zaro tajriba almashish istagini bildirdi.

Paxang shtati vakili ipakchilik sohasida hamkorlik qilishdan o‘zaro manfaatdorligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida Paxang shtati va mamlakat tarmoq vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish bo‘yicha onlayn-tadbir o‘tkazishga kelishildi.

Ko‘proq yangiliklar: