Kanada Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Jahon 07:52 / 04.02.2023 6315

Kanada Rossiyaga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda 3 fevral, juma kuni Kanada hukumati xabar berdi.

Ro‘yxatga Ottavaga ko‘ra, «Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqotini tarqatish bilan shug‘ullangan» 38 jismoniy va 16 yuridik shaxs kiritilgan.

Shunday qilib, qo‘shiqchilar Nikolay Baskov, Dima Bilan, Nikolay Rastorguyev, Oleg Gazmanov va ijrochilar Polina Gagarina, Nadejda Babkina, Irina Allegrova, Larisa Dolinaga nisbatan cheklov choralari joriy etildi.

Musiqachi Igor Butman, aktyorlar Mixail Boyarskiy, Dmitriy Dyujyev, Mixail Galustyan, "Telekanal "Rossiya" VGTRK direktori o‘rinbosari Sergey Brilevga sanksiya qo‘yildi.

Yuridik shaxslar orasida "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi, RIA "Novosti", Tsargrad Media, Internet tadqiqot agentligi, Gorchakov nomidagi xalq diplomatiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bor.

Rossiyaning Kanadadagi elchisi Oleg Stepanov BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan sanksiyalar qonuniy emasligini aytib, Rossiyaning bu qadamga javob berishini va’da qildi.

2014 yildan beri Ottavada Rossiya, Ukraina va Belarusdan deyarli 4000 kishi va tashkilotlarga nisbatan jazo choralari qo‘llangan, deya eslatadi Reuters.

2022 yil dekabr oyida Kanada hukumati sanksiyaga uchragan rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan Granite Capital Holdings Ltd kompaniyasining 26 million dollar (24 million yevro) aktivlarini musodara qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: