Ispaniya O‘zbekistonda kaolindan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etadi

O‘zbekiston 10:02 / 04.02.2023 2971

Muzokaralarda O‘zbekistonda ASCER bilan hamkorlikda kaolindan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tashkil etish loyihasini hayotga tatbiq etish masalasi muhokama qilindi. Ispaniya sopol plitkalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  

Mamlakat delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Ispaniyaga rejalashtirilayotgan amaliy safari dasturi ko‘rib childi. O‘zbekiston vakillari safar chog‘ida Azteca, Porselanosa, Grespana SA kabi kompaniyalar rahbarlari  bilan muzokaralar o‘tkazishi nazarda tutilmoqda.

ASCER 1977 yilda tashkil etilgan, bosh qarorgohi Kastellon de la Plana shahrida (Valensiya) joylashgan. Uyushma sohaning 100 dan korxonalarini birlashtirgan. Tuzilma tarkibidagi kompaniyalar Ispaniyaning ushbu yo‘nalishdagi ishlab chiqarish quvvatining taxminan 95 foizini qamrab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: