G7 Rossiya neft mahsulotlari narxi chegarasi to‘g‘risida qaror qabul qildi

Jahon 08:35 / 04.02.2023 18217

Kelishilgan narx dizel kabi yuqori darajada tozalangan mahsulotlar uchun bir barrel uchun 100 dollarni, mazut kabi arzonroq neft mahsulotlari uchun bir barrel uchun 45 dollarni tashkil etadi

Siyosat «Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushidan foyda ko‘rishining oldini olish» va energiya bozorlarida barqarorlikni saqlashga qaratilgan, deyiladi bayonotda.

Rossiyada 1 fevral, chorshanba kuni «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarga neft yetkazib berishni taqiqlash kuchga kirdi, bu Rossiya neft mahsulotlariga narx chegarasini joriy qilgan davlatlarga tegishli. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 27 dekabr kuni imzolangan farmoniga ko‘ra, agar shartnomalarda «to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita narxlarni cheklash mexanizmidan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lsa», Rossiya nefti va neft mahsulotlarini xorijiy fuqarolar va kompaniyalarga yetkazib berish taqiqlanadi.

Cheklangan narxda neft eksportiga faqat prezident ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Taqiq 1 fevraldan 1 iyulgacha amal qiladi. Neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlash muddati hukumat tomonidan belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: