Twitter foydalanuvchilar bilan reklamadan tushgan daromadni baham ko‘ra boshladi 

Jahon 23:17 / 03.02.2023 7919

3 fevraldan boshlab Twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilari bilan reklamadan tushgan daromadni baham ko‘ra boshladi. Bu haqda Ilon Mask ma’lum qildi. 

«Bugundan boshlab Twitter foydalanuvchilar bilan reklamadan tushgan daromadni baham ko‘ra boshladi. Buning uchun ularning lentasida reklama namoyish etilishi kerak», dedi Twitter rahbari. 

Shuningdek, u mukofotlash dasturida qatnashish uchun faqat bitta talabni bajarish kerakligini ta’kidladi – Twitter Blue obunachisi bo‘lish, uning narxi to‘lov usuliga qarab 8 yoki 11 dollarga teng. 

Mukofot dasturi qaysi mamlakatlarda ishlaydi, to‘lovlar obuna narxidan oshadimi va foydalanuvchilar uchun boshqa cheklovlar bormi, Mask bularga aniqlik kiritmadi. 

2022 yil aprel oyida Ilon Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib olish istagini bildirdi, biroq iyul oyida xariddan voz kechdi. Sud muhokamasidan qochish uchun milliarder 2022 yil 26 oktyabrda kelishuvni tasdiqladi va Twitter rahbari bo‘lib olgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: