Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi to‘plami 10 milliard yevrolik cheklovlarni nazarda tutadi 

Jahon 23:15 / 03.02.2023 7762

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi 10 milliard yevro miqdoridagi cheklovlarni o‘z ichiga olishini ma’lum qildi. 

Yangi sanksiyalar paketi 24 fevraldan joriy qilinadi. 1 yil oldin, aynan shu sanada Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangan edi. 

«O‘ninchi sanksiyalar paketi yo‘lda, u 10 milliard yevroni tashkil qiladi. Bu yanada keng ko‘lamli paket bo‘ladi», dedi Ursula fon der Lyayyen Kiyevdagi Yevropa Ittifoqi va Ukraina sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. 

Yevrokomissiya rahbarining ta’kidlashicha, yangi sanksiyalar to‘plamida Yevropa Ittifoqi avvalroq qabul qilgan cheklovlardagi bo‘shliqlarni yopishga e’tibor qaratiladi. 

2 fevral kuni Yevropa parlamenti Rossiyaning LUKOYL va «Rosatom» kompaniyalarini Yevropa bozoridan chiqarib yuborish, Rossiyada qazib olinadigan barcha turdagi yoqilg‘i va uranni Yevropa Ittifoqiga olib kirishga embargo joriy etish va «Shimoliy oqim 1» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlaridan foydalanishdan uzil-kesil voz kechish haqida yangi rezolyutsiyani qabul qilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: