Rossiyada Ukrainadagi urush oliy ta’lim uchun tarix kursiga kiritildi

Jahon 12:15 / 03.02.2023 8967

2 fevral, payshanba kuni Rossiya Ta’lim va fan vazirligi tomonidan yangilangan konsepsiya tasdiqlandi. Unga muvofiq, 1 sentabrdan boshlab Rossiya tarixi kursi mamlakat universitetlarida yangicha yo‘nalishda o‘qitiladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kurs Qadimgi Rusdan hozirgi Rossiyagacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va rus qo‘shinlarining Ukraina hududiga kirishi bilan yakunlanadi.

«Bizning oldimizda katta maqsad bor – Rossiya tarixiga aloqadorligini biladigan, uning buguni va kelajagi uchun o‘z mas’uliyatini his qiladigan fuqaroni tarbiyalash», — dedi Rossiya ta’lim vaziri Valeriy Falkov Rossiya universitetlarida tarix kursiga izoh berib.

Boshqa narsalar qatorida, talabalar NATO va uning harbiy infratuzilmasini sharqqa kengaytirish, shuningdek, «AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya bilan o‘nlab yillar davomida dunyoni global mojarodan saqlab kelgan qurol shartnomalarini cheklash va qisqartirish bo‘yicha asosiy kelishuvlardan chiqishi» hamda «Ukraina rejimining Donbass respublikalarini kuch bilan bosib olishga tayyorlagan qurolli provokatsiyalari» kabi mavzularni muhokama qiladi, deb yozadi «Kommersant» gazetasi.

Universitetlar uchun yangi tarix kursi konsepsiyasi Rossiya Fanlar akademiyasining Rossiya tarixi instituti direktori Yuriy Petrov boshchiligidagi Rossiya tarix jamiyati mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Ko‘proq yangiliklar: