O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish davlat komissiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston 10:05 / 03.02.2023 13229

Prezident "O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;
  • O‘zbekiston Qurolli kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; 
  • maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlashni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va uning manbalarini belgilash;
  • davlat mudofaa buyurtmasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • yangi harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
  • harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;
  • mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
  • urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirig‘ini biriktirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
  • maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib chiqish.
  • Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida:
  • Mudofaa vazirligi huzurida Mudofaa sanoati agentligi;
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida O'ztextreyd davlat unitar korxonasi tuzildi.

O'ztextreyd xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: