AQSh Ukrainaga HIMARS uchun mo‘ljallangan uzoq masofali raketalarni beradi

Jahon 23:51 / 03.02.2023 10321

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, AQSh harbiy-havo kuchlari brigada generali Patrik Rayder brifingda aytib o‘tdi. 

«Bugun AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga 2,2 milliard dollarlik yangi yordam paketini taqdim etayotganini e’lon qildi. Paketga Javelin tankka qarshi raketalari, artilleriya o‘q-dorilari, HIMARS uchun oddiy va uzoq masofali raketalar kiradi», dedi u. 

Qo‘shma Shtatlarning 3 fevralda ajratgan yangi yordam paketi o‘z ichiga quyidagilarni oldi:

- HIMARS uchun o‘q-dorilar;

- 120 mm minomyot minalar;

- 155 mm kalibrli artilleriya snaryadlari;

- mina va portlashdan, shuningdek, pistirmadan himoyalangan 181 ta mashina (MRAP);

- dronlarga qarshi va teplovizor bilan ta’minlangan 190 ta og‘ir pulemyot;

- 250 ta Javelin tankka qarshi raketa tizimlari;

- Claymore piyodalarga qarshi o‘q-dorilar;

- tankka qarshi 2 mingta raketa;

- ikkita HAWK zenit-raketa qurilmalari;

- portlovchi o‘q-dorilar;

- zenit to‘plari va o‘q-dorilari. 

Qayd qilinishicha, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin AQSh Ukrainaga umumiy qiymati 30 milliard dollarga yaqin harbiy yordam ko‘rsatdi. 

Ko‘proq yangiliklar: