Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022/2023 o‘quv yilidan maktab bitiruvchilari shahodatnomalari elektron shaklda beriladi
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
- tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
- tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
- psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1 dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20 iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

15:41 / 08.08.2024
“126 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi hali ish topolgani yo‘q” – Behzod Musayev

11:22 / 26.04.2024
Maktab bitiruvchilari o‘rgangan hunari bo‘yicha imtihon topshiradi va ularga elektron sertifikat beriladi

09:05 / 22.06.2023