Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini yaxshiladi
XVJ 2023 yilda global yalpi ichki mahsulot o‘sishi prognozini 2,9 foizga yaxshiladi, bu esa oktabr oyida kutilganidan 0,2 foiz ko‘proqni tashkil etadi. Germaniya iqtisodiyoti 0,1 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu ko‘plab Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagidan past.

Foto: Reuters
Xalqaro valuta jamg‘armasi 2023 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini 2,9 foizga oshirdi, bu oktyabr oyidagi prognozdan 0,2 foizga ko‘p. Bu haqda XVJning 30 yanvar, dushanba kuni jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari haqidagi hisobotida aytiladi. Shu bilan birga, tashkilot kelgusi yil, ya’ni 2024 yil uchun o‘sish prognozini 0,1 foizga pasaytirib, 3,1 foizga tushirdi. Ikkala ko‘rsatkich ham 2000-2019 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha past (3,8 foiz).
XVJ ko‘plab mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli dinamikasi «ijobiy kutilmagan hodisalar» keltirganini va «kutilmagan darajada yuqori chidamlilik»ni ko‘rsatganini qayd etdi. Shu tariqa, Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 5,2 foizga, bir yildan keyin esa 4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Tahlilchilar Xitoyning yuqori o‘sish sur’atlarini Pekinning kovidga nisbatan «nol bardoshlik» siyosatini rad etishi bilan izohladi.
Hindiston iqtisodiyoti, XVJ prognoziga ko‘ra, bu yil 6,1 foizga, kelasi yili esa 6,8 foizga o‘sadi. Qo‘shma Shtatlarda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 1,4 va 1 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Rossiya uchun prognoz sezilarli darajada yaxshilandi - 2023 yilda 2,3 foizga pasayishdan keyin 0,3 foizga o‘sish, 2024 yilda esa Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 2,1 foizgacha tezlashishi kutilmoqda.
Germaniya iqtisodiyoti, Xalqaro valuta jamg‘armasi prognoziga ko‘ra, joriy yilda atigi 0,1 foizga o‘sadi. Biroq, bu Rossiyadan gaz yetkazib berishning keskin qisqarishi fonida Germaniyaga retsessiyani va’da qilgan oktabr oyidagi prognozdan yaxshiroq. 2024 yilda XVJ Germaniya iqtisodiyoti 1,4 foizgacha tezlashishini kutmoqda.
Fransiya, Italiya va Ispaniya kabi Yevropa Ittifoqining boshqa yirik davlatlaridan XVJ yuqori o‘sishni kutmoqda. Yevropada Buyuk Britaniya bundan mustasno, uning iqtisodiyoti o‘tgan inqiroz yili kutilganidan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘rdi. Prognoz bu yil yalpi ichki mahsulotning 0,6 foizga pasayishini va faqat 2024 yilda 0,6 foizga o‘sishini va’da qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025