Samarqandda avtobus urib yuborgan 64 yoshli piyoda vafot etdi
Piyoda ko‘chaning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transporti hodisasida avtobus urib yuborgan keksa yoshdagi piyoda vafot etdi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 24 yanvar kuni soat 7:30 larda Samarqand shahar Bedil ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Isuzu avtobusi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 64 yoshli fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.
Avvalroq, Samarqand shahar Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida avtobus haydovchisi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib piyodalarni bosib ketishiga bir baxya qolgandi.
Mavzuga oid

17:51 / 15.03.2025
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda

11:11 / 15.03.2025
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi

23:03 / 14.03.2025
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari

16:19 / 13.03.2025