ISW: Rossiya armiyasi Baxmut yaqinida «Vagner» kuchlarini almashtiryapti

Jahon 10:38 / 30.01.2023 13137

Harbiy ekspertlarning fikricha, Baxmut hududida Rossiya havo-desant qo‘shinlarining faol ravishda harakat qilayotgani shundan dalolat beradi.

ISW'ning an’anaviy tahliliy hisobotiga ko‘ra, Rossiya kuchlari, ehtimol, Donbassda rejalashtirilgan hal qiluvchi hujum oldidan Ukrainaning tashabbusni qaytarib olishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda

Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning Rossiya kuchlari asosiy sa’y-harakatlarini Donetsk viloyatini egallashga qaratgani haqidagi so‘zlari, ehtimol, Rossiya kuchlari tomonidan hududlarning ma’muriy chegaralariga yetib borish maqsadida Luhansk viloyati g‘arbiy qismidagi va Donetsk viloyatining shimoli-sharqiy qismidagi muhim pozitsiyalarni egallab olishga urinishdan darak beradi. 

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Baxmutdan shimolda joylashgan Blahodatnoye qishlog‘ini egallagan. Bu haqda ushbu XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ma’lum qildi.

«Vagner» XHK bo‘linmalari Blahodatnoyeni egalladi. Blahodatnoye bizning nazoratimiz ostida», — deyiladi uning matbuot xizmati xabarida.

Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinning bu so‘zlarini tasdiqlamagan.

Ko‘proq yangiliklar: