Baxmut atrofidagi janglar va okoplardagi rus askarlari jasadlari. Urush suratlari

Jahon 16:10 / 29.01.2023 49267

Ukrainada urushning 339-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya mudofaa vazirligi Luhansk oblastining annexia qilingan qismidagi Novoaydar posyolkasiga HIMARS orqali berilgan zarba oqibatida 14 kishi halok bo‘lib, 24 kishi jabrlanganini xabar qildi.
  • Xalqaro olimpiya qo‘mmitasi rossiyalik va belaruslik sportchilar 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga betaraf bayroq ostida borishi mumkinligini aytdi. Ukraina esa bu holda O‘yinlarni boykot qilish ehtimolini ko‘rib chiqadi.
  • Rossiyaning turli shaharlarida 10 yil muddatlik biometrik xorijga chiqish pasporti («zagranpasport») rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi.
  • Ukrainaning Fransiyadagi elchisi Vadim Omelchenkoning ma’lum qilishicha, G‘arb mamlakatlari Ukrainaga jami 321 ta tank va’da qilmoqda.
  • Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyakning aytishicha, Ukrainaga samolyotlar va uzoq masofaga harakatlanuvchi samolyotlar berish bo‘yicha muzokaralar boshlangan va tezlashtirilgan rejimda olib borilmoqda.
  • Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainani Afg‘oniston bilan tenglashtirdi va uni «hech kimning yeri emas» deb atadi. Vengriya elchisi Ukraina TIVga chaqirildi.

Seversk atrofidagi okoplarda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning jasadlari

Asosan «Vagner» otryadlaridan iborat bo‘lgan Rossiya kuchlari iyul oyidan buyon Donbassdagi muhim transport tuguni bo‘lmish Baxmutga hujum qilmoqda. Ukrainlarning bu istehkomi Kramatorsk, Slovyansk, Toretsk va Seversk tomon yurishlarni ham to‘sib turadi. Front chizig‘i Severskdan bir necha kilometr masofada joylashgan. Shahar ushbu yo‘nalishdagi boshqa aholi yashash manzillari kabi Rossiya artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutib kelinmoqda. «Frans-Press» agentligi 28 yanvar kuni Seversk atrofidagi front chizig‘idagi okoplarda halok bo‘lgan rossiyalik harbiylarning suratlarini e’lon qildi.

Ukrainlarning «K-2» bataloni askari rossiyalik askar jasadi tepasida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

28 yanvar kuni Rossiya armiyasi Donetsk oblastining Konstantinovka shahrini o‘qqa tutdi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, zarbalar turar joylar kvartaliga berilgan, natijada to‘rtta ko‘p qavatli uylar, avtomobil garaji, mehmonxona va fuqarolar avtomobillari shikastlangan. Konstantinovka o‘qqa tutilgach, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ittifoqchilarni Kiyevga uzoq masofaga harakatlanuvchi raketalar yetkazib berishga chaqirdi.

66 yoshli Nina Kovalenko shahar o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan 34 yoshli o‘g‘li Mixayloning jasadi ustida yig‘lamoqda
Andriy Dubchak / AP / Scanpix / LETA
Konstantinovkada rossiyaliklarning raketa zarbalari oqibatlari
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Qon ko‘lmagini yopishga urinayotgan kishi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Konstantinovka aholisi vakillari rossiyaliklar zarbalaridan keyin uy hovlisini tozalamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Chasiv Yar o‘qqa tutilishidan keyingi vayrongarchiliklar

27 yanvar kuni Donetsk oblasti Baxmut rayonidagi Chasiv Yar shahri o‘qqa tutildi. Oblast ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan. Turar joy binolari va ma’muriy binolar, shuningdek avtomobillar shikastlangan.

Chasiv Yarda yashovchi 83 yoshli Yevgeniya Yepifanova raketa zarbalaridan shikastlangan uyida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
73 yoshli Oleksandr Pixtinning uyiga raketa kelib tushgan. Fotoda u butun qolgan sovitkichni ochishga urinmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Chasiv Yar o‘qqa tutilishi vaqtida vayron bo‘lgan kvartirada chelakda muzlab qolgan suv
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yardagi boshlang‘ich maktab tomini yorib o‘tgan raketa qismi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Novoaydarda vayron bo‘lgan shifoxona

Rossiya mudofaa vazirligi 28 yanvar kuni Luhansk oblastining annexia qilingan qismidagi Novoaydar posyolkasidagi shifoxonaga zarba berilishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lib, 24 kishi jarohatlangani haqida xabar berdi. Vazirlikka ko‘ra, muassasada harbiy xizmatchilar va mahalliy aholi vakillari davolangan. Vazirlik xabarida shifoxona HIMARS raketa tizimidan o‘qqa tutilgani aytilgan. Kiyev bu bayonot yuzasidan izoh bermadi. TASS agentligi vayron bo‘lgan shifoxona suratlarini e’lon qildi.

Aleksandr Reka / TASS
Aleksandr Reka / TASS
Favqulodda xizmatlar xodimlari Novoaydar rayon shifoxonasi o‘qqa tutilishidan vafot etgan shaxsning jasadini olib ketmoqda
Aleksandr Reka / TASS

Ukrain harbiylarining Kramatorskka qaytishi

Ukrain askarlari Kiyevdan Kramatorskka kelmoqda. Kramatorsk va qo‘shni Slovyansk Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi yirik guruhlari joylashgan markazlar hisoblanadi
Yasuyoshi Chiva / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Sergey Kiyevdan kelgan rafiqasi Ninani qarshi olmoqda
Yasuyoshi Chiva / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Kiyevdan kelgan rafiqasi bilan ko‘rishmoqda
Yasuyoshi Chiva / AFP / Scanpix / LETA

Ukrain harbiylarining Baxmutdagi pozitsiyalari 

Ukraina armiyasi harbiy yuk mashinasi Baxmut yaqinidagi yo‘lda harakatlanmoqda
Raphael La​fargue / Abaca / Sipa USA / Vida Press
Baxmut yaqinida o‘t ochishga tayyorlanayotgan ukrainalik minomyotchilar. Bu yo‘nalishda ikki oydan buyon shiddatli janglar kechmoqda — vagnerchilar shaharni o‘rab olib, Kramatorsk va Slovyanskka yurish boshlashga urinmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar qo‘l minomyoti uchun mina uzatmoqda. Kichik kalibrli bo‘lishiga qaramay, qo‘l minomyotlari bu urushda eng keng qo‘llanayotgan artilleriya quroli bo‘lib qolmoqda — birinchi navbatda yashirin pozitsiyadan o‘t ochish imkoniyati va amunitsiya muammo emasligi tufayli
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar o‘z boshqaruvidagi T-64 tankida. So‘nggi haftalarda g‘arblik hamkorlar Ukrainaga o‘z zamonaviy tanklarini yetkazib berishni va’da qildi. Ukrainaning Fransiyadagi elchisi xabar qilishicha, G‘arb mamlakatlari Ukrainaga jami 321 ta tank va’da qilgan
Raphael Lafargue / Abac​a / Sipa USA / Vida Press

Front yaqinidagi shaharlar hayoti

Donetsk oblasti Baxmut rayonining Seversk shahrida uy yerto‘lasiga kirish joyida turgan ayol. Shahar Baxmutdan shimolga Limanga va sharqqa — yozda rossiyaliklar egallab olgan Lisichansk va Severodonetsk shaharlariga olib boruvchi yo‘llar kesishmasida joylashgan
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Severskdagi hovlida hosil bo‘lgan o‘ra. Rossiya qo‘shini Severodonetsk, Lisichansk va Verxnekamenkini egallagach, tutashuv chizig‘i Severskdan 15 kilometr masofadan o‘tmoqda, shahar muntazam ravishda Rossiya artilleriyasi nishonida turadi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Severskning strategik joylashuvi, jumladan temiryo‘l stansiyasi mavjudligi, uni artilleriya zarbalarining doimiy nishoniga aylantirgan. Otishmalar birinchi navbatda derazalarni sindiradi, snaryad tushgan joylardan ancha uzoqdagi oynalar ham to‘kilib tushadi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Severskda yashovchi kishi o‘z kvartirasidagi pechkada yoqish uchun o‘tin tayyorlamoqda. Donetsk oblastining front chizig‘iga yaqin ko‘plab shaharlarida markaziy isitish tizimlari ishlamayapti
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Severskdagi ko‘p qavatli uydagi kvartiralardan birida o‘tin yoqiladigan qo‘lbola pechka. Baxmut rayonida so‘nggi vaqtlarda havo sovib ketgan, harorat kechalari Tselsiy bo‘yicha minus yetti va undan quyiroqqa tushmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Bombapanagohda yashayotgan qizcha 

Donetsk oblasti shaharlaridan birida oilasi bilan ko‘p qavatli uy yerto‘lasidagi bombapanagohda yashayotgan Ani chizgan suratlar
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Anya uydan bombapanagohga olib kelgan o‘yinchoqlari bilan
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastidagi ko‘plab oilalar qatori Anining oilasi ham otishmalardan ko‘p qavatli uy yerto‘lasiga tushib yashirinishga majbur bo‘lmoqda — bu hududda intensiv janglar yozdan buyon tinmayapti, front chizig‘i esa g‘arb tomon siljib bormoqda
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ko‘proq yangiliklar: