Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1 aprelgacha ichki bozorlarga kiritiladi
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyozni 1 aprelga qadar ichki bozorlarga kiritish chora-tadbirlari belgilandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oziq-ovqat sanoati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Otajon Pirmonov aytib o‘tdi.

Foto: Kun.uz
U ichki iste’mol bozoriga piyoz mahsulotini kafolatli yetkazib berish, uning zaxirasi, yetishmaydigan qismini qoplash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
23 yanvar kuni o‘tkazilgan monitoringlarda saralanmagan piyozning ulgurji narxlari o‘rtacha 6 500 so‘mni, dehqon bozorlaridagi arzonlashtirilgan maxsus rastalarda 5000 so‘mni, savdo markazlari va supermarketlarda 7 700 so‘mni tashkil etgan.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mahsulot to‘liq nobud bo‘lishi oldini olish maqsadida ustki qismi muzlagan piyozni havo mo‘’tadillashgunga qadar joyidan qo‘zg‘atmaslik kerak.
Bugungi kun holatiga ko‘ra, hukumat qaroriga muvofiq hududlarda tashkil etilgan zaxiralarda 51 ming tonna, aholi xonadonlarida 200 ming tonna piyoz zaxirasi mavjud.
Zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarning barchasi tuman hokimligi va Departament organlari bilan birgalikda bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan maxsus rastalar hamda mahallalardagi ko‘chma savdo yarmarkalari orqali aholiga manzilli ravishda yetkazib borilmoqda.
Ichki iste’mol bozorining piyozga bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlash hamda narxlarning o‘sishining oldini olish maqsadida 1 aprelga qadar qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyozning bozorlarga kiritish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Bundan tashqari, respublikadagi ayrim hududlarning ehtiyojidan ortiq miqdorda yetishtirilgan piyozni boshqa hududlarga manzilli yetkazish maqsadida bozorlardagi qo‘shimcha ehtiyoj kundalik monitoring qilib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilindi
O‘zbekiston | 15:52
-
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27
-
"Yashil" tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 15:19
-
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

11:53 / 11.04.2025