Nodirbek Abdusattorov asosiy ta’qibchisi bilan durang o‘ynadi 

Sport 23:46 / 27.01.2023 46363

Musobaqada o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar - xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yetakchi grossmeysterlar qatorida «Masters» guruhida, xalqaro grossmeyster Javohir Sindarov esa «Challengers» guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. 

11-turda 18 yoshli Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi asosiy ta’qibchisi, ikkinchi o‘rinda borayotgan niderlandiyalik Giri Anish bilan durang o‘ynadi. Bu natijadan so‘ng, Nodirbek 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, «Masters» guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi. Anish 7 ochko bilan ikkinchi, norvegiyalik Magnus Karlsen 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 

«Masters» guruhida yana 2 ta tur o‘tkaziladi. Abdusattorovning keyingi raqibi 28 yanvar kuni amerikalik Uesli So bo‘ladi. 

Aleksandr Donchenko va Javohir Sindarov / Foto: Tata Steel Chess

«Challengers» guruhida 17 yoshli Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 11 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jadvalda germaniyalik Aleksandr Donchenko 8 ochko bilan peshqadamlik qilyapti, turkiyalik Mustafo Yilmaz 7,5 ochko bilan ikkinchi bo‘lib turibdi. 

Musobaqa 29 yanvargacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: