Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank asosiy stavkani 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank boshqaruvining 26 yanvardagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2022 yilning 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qilgandi. Regulyator 27 oktyabrdagi va 15 dekabrdagi boshqaruv yig‘ilishida ham asosiy stavkani o‘zgartirishsiz qoldirdi.
2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgan.
2022 yilning 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17 mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
Bundan tashqari, 2022 yilning 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2018 yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Pandemiya va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs o‘zgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

14:17 / 15.07.2025
Citibank O‘zbekistonda vakolatxona ochmoqda

07:51 / 15.07.2025
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi

15:21 / 12.07.2025
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

21:57 / 08.07.2025